
Mazmuni
Ovqat qorin dam bo`lishiga olib kelishi mumkinmi?
Qaysi mahsulotlar va ichimliklar qorin dam bo`lishiga olib keladi?

Juda ko`p miqdordagi shakar

Dukkaklilar va haddan ortiqcha kletchatka

Glyutenni “ko`tara olmaslik”

Gazli ichimliklar

Piyoz va sarimsoq
Nega ta'til vaqtida meni qorin dam bo`lsihi qiynamoqda?
Agar siz uyingizda yoki ta’tilda oshqozoningiz uchun yangi bo’lgan taomlarni iste’mol qilsangiz,bu ham oshqozoningizni bezovta qilishi mumkin. Mashinada yangi yoqilg’i bilan bog’liq muammolar bo’lgani kabi, sizning organizm ham avvalgi ratsionga odatlangani uchun o’zgarishlarga sezgir bo`ladi.
Qorin dam bo`lishining boshqa sabablari
Qorin dam bo`lishi va ichaklarda gazlar to’planishi mexanizmini tushunish murakkab. O’rtacha odamda har doim oshqozon-ichak yo’lida 100-200 sm3 gaz bo’ladi. Gaz hajmi havo yutilganda va gazlangan ichimliklar ichganda oshishi mumkin. Odatda bu gazlar qonga so’rilib, keyinchalik nafas bilan chiqariladi. Yoki oddiy ichak orqali chiqariladi. Agar bu tizimida buzilish bo’lsa, ortiqcha gaz mayda pufakchalar ko’rinishida to’planib qolishi mumkin, oqibatda odam og’irlik va qorin dam bo’lishini his qiladi.
Oziq-ovqat tufayli kelib chiquvchi qorin dam bo`lishini qanday qilib oldini olish mumkin?
Harakatlaning: tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, jismoniy faollik ovqat hazm qilishga va to`plangan gazlarni harakatlantirishga yordam beradi. Bu stolda soatlab o’tiradigan yoki hayot tarzi umuman jismoniy mashqlarsiz kechadiganlarga yordam berishi mumkin.
Maslahat oling: siz uchun to’g’ri ovqatlanish muvozanatini topish uchun dietolog bilan gaplashing. Sekin-asta ratsionni va ba’zi moddalar miqdorini o’zgartirish orqali siz tizimni birdan o`zgartirish bilan bog’liq shokdan asraysiz.
Bunga jiddiy yondoshing: agar siz qorin dam bo`lisining sababini bilsangiz, birinchi o`rinda – kundalik hayotingizda undan qutuling. Garchi siz uni yaxshi ko’rsangiz ham. Bu shuni anglatadiki, siz qaysidir oziq-ovqatlarni ko`tara olmaslikni tekshirishingiz, siz uchun zararli bo`lgan taomlardan voz kechishingiz va agar muammolaringiz stress tufayli yuzaga kelgan bo’lsa: ish va shaxsiy hayot muvozanatini yaxshilashga harakat qilishingiz kerak bo’ladi.
Sizning turmush tarzingizga yoki ish jadvalingizga qarab, buni qilishdan ko`ra aytish osonroq. Balki siz ko’p safar qilishingizga to`g`ri kelar va sog’lom ovqatlanish imkoniyati har doim ham sizda mavjud bo`lmas. Yoki sevimli ishingiz juda og’irdir. Hamma sabablarni bartaraf etishning har doim ham imkoni yo`q.


Oziq-ovqat tufayli kelib chiquvchi qorin dam bo`lishini qanday kamaytirish mumkin?
Va mana: siz hozirgina to`yib tushlik qildingiz va qorinda yana to’lalikni his qilyapsiz. Quyida sizga qorin dam bo`lishi va meteorizmni kamaytirish uchun bir nechta usullar va tavsiyalar:
Qorinni yo’g’on ichak bo’ylab yengil uqalash, ichakda to’planib qolgan gazni chiqarishga yordam beradi.
Jismoniy faollik, ko’chada va yu atrofida sayr qilish ichaklarni faollashtirishga yordam berishi mumkin, bu esa ortiqcha gazlardan xalos bo’lishga yordam beradi. Isbotlanganki, muntazam jismoniy faollik qorin dam bo’lishi va hayz ko’rish davrida og’riqlarda yordam beradi.
Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan Simetikon – qorin dam bo`lishi va meteorizmdan sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gaz hosil bo’lishigaz bilan bog’liq ko’plab alomatlardan tezda xalos qiladi. Ta`sir etuvchi modda Simetikon oshqozon-ichak yo’lida to’plangan gaz pufakchalarining sirt tarangligini o’zgartirib, ularni parchalaydi. Ajralgan gaz keyin so’riladi yoki chiqariladi.
Espumizan® - qorin dam bo`lisgidan tezda xalos bo`lish! *
Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml
Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg
Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar