Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Qorin dam bo`lishi va homiladorlik

A pregnant woman with no bloating sitting and smiling while stroking her baby belly
A pregnant woman with no bloating sitting and smiling while stroking her baby belly

 

Qorin dam bo`lishi (Kirish)

Birinchidan, siz qorin dam bo`lishidan aziyat chekayotgan bo`lsangiz, siz yolg’iz emassiz. Qorin dam bo`lishidan erkaklar ham, ayollar ham aziyat chekadi. Ko’p odamlar ertami-kechmi qorin dam bo`lishi va meteorizmni boshdan kechiradi. Bizning organizm – ovqatni energiyaga aylantira oladigan va o’zida yangi hayotni o`stira oladigan ajoyib tizim. Homiladorlikning o’zi bir mo’jiza, lekin ko’pchilik ayollar uchun u noqulayliklarsiz o’tmaydi. Oshqozon spazmlari va qorin dam bo`lishi bu davrning ajralmas qismi bo’lishi mumkin. Aslida, qorin dam bo`lishi keng tarqalgan nojo`ya ta’sir hisoblanadi, masalan bir tadqiqotda 49% holatda aniqlangan. Lekin buning sabablari nimada?

 

Homiladorlik davrida qorin dam bo`lishi nima?

Homiladorlik ko’p o’zgarishlarning sababi sanaladi. Gormonlarning sezilarli darajada ko’payishi chaqaloqning o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Gormonlar darajasining oshishini nojo`ya ta’siridan biri ortiqcha gaz tufayli qorin dam bo`lishi hisoblanadi. Bizning organizm bolaning o’sishi va rivojlanishi uchun tayyorlanayotgan davr uchun normal jarayon.

 

Qorin dam bo`lishi qachon va nima uchun paydo bo'ladi?

Homiladorlikning boshida bolani kerakli oziq moddalar bilan ta’minlash, bachadon shilliq qavatining o’sishiga yordam berish uchun gormonlar deb nomlangan tabiiy kimyoviy moddalar ishlab chiqariladi va ko’p miqdorda ajratiladi. Bu gormonlar, progesteron va estrogen, boshqa ta’sirlarga ham ega. Progesteron mushaklarni bo’shashtiradi va ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi. Bu ovqatlarni yetarli darajada hazm bo’lmasligi va ushlanib qolishiga olib keladi, natijada ko’p miqdorda gazlar hosil bo’ladi. Estrogen darajasining oshishi ham shunga o’xshash ta’sirlarni keltirib chiqaradi, hamda suv to’planishiga olib keladi va qorin sohasida og’riq va shish chaqiradi. Homiladorlikning so`nggi davrlarida, bachadon kattalashadi, bolani himoya qilish uchun shakli va holatini o’zgaradi, uning harakatlari boshqa organlarga ta’sir qilib, ich qotishi va ortiqcha gaz hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu qorin dam bo`lishiga olib kelishi mumkin.

A pregnant woman suffering from bloating, sitting on the sofa with her eyes closed. Her partner comforts her and holds her in his arms
A pregnant woman suffering from bloating, sitting on the sofa with her eyes closed. Her partner comforts her and holds her in his arms

 

Qanday qilib homiladorlik davrida qorin dam bo`lishining oldini olish mumkin?

Qorin dam bo`lishi va homilador ayol organizmidagi o’zgarishlar bola o’sishining ajralmas qismi hisoblanadi. Garchi ularni keltirib chiqaradigan sharoitlar tabiiy va mutlaqo normal bo’lsa -da, alomatlar namoyon bo’lmasligi ham mumkin. Turmush tarzidagi kichik o’zgarishlar qorin dam bo`lishini kamaytirishga yordam beradi.

    A blonde woman with a bob prepares her smoothie with pineapple and various fruits
    A blonde woman with a bob prepares her smoothie with pineapple and various fruits

    Mevalar, sabzavotlar va yog’siz oqsil bilan t o’yintirilgan kam tuzli parhez, shuningdek, yarim tayyorlangan mahsulotlardan voz kechish yordam berishi mumkin. Ko'p suyuqlik ichish (har doim yaxshi fikr) ham organizmda tuz miqdorini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Yuqori faollik, hatto ko`p bo`lmagan taqdirda ham ovqat hazm qilishga va to’planib qolgan gazlarning chiqarilishiga yordam beradi.

    Wheat field in the bright sun
    Wheat field in the bright sun

    Bug'doy ba'zi odamlarda qorin dam bo`lishini keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa, agar odamda seliakiya yoki glyutenni ko`tara olmaslik bo'lsa. Seliakiya kasalligidan, aholining 1% gacha qismi aziyat chekadi va shuning uchun u siz o'ylagandan ko'ra tez-tez uchrab turadi!

    Wheat field in the bright suA young woman with long, brown hair holds a tall glass with her hand and drinks a carbonated drink with a straw out of it n
    Wheat field in the bright suA young woman with long, brown hair holds a tall glass with her hand and drinks a carbonated drink with a straw out of it n

    Shubhasizki, karbonat angidrid pufakchalari qo’shilgan gazlangan ichimliklar organizmda gaz to'planishiga olib kelishi mumkin. Bu gaz to'g'ridan-to'g'ri ovqat hazm qilish tizimiga tushadi.

    Hands peeling onions on a small board as onions contain fructans which can cause bloating.
    Hands peeling onions on a small board as onions contain fructans which can cause bloating.

    Piyoz tarkibida fruktanlar mavjud bo’lib, ular qorin dam bo`lishiga olib keladigan kletchatka turiga kiradi. Sarimsoq ham xuddi shunday ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bu holatlarning har birida ratsionimizga bug’doy, piyoz yoki gazlangan ichimliklar o’rnini bosadigan muqobil variantlarni topish mumkin.

     

    Homiladorlik va qorin dam bo`lishi bilan bog'liq boshqa holatlar

    Yuqorida aytib o’tganimizdek, homiladorlikning oxirgi muddatlarida, bachadonning kattalashishi va siljishi qorin dam bo`lishi va ich qotishiga olib kelishi mumkin. Probiotiklar va najasni yumshatuvchi vositalar yordam berishi mumkin, chunki an’anaviy ichni yumshatuvchi vositalar homilador ayollar uchun to`g`ri kelmasligi mumkin. Har doim dori vositasini qo’llashdan oldin, dori yo’riqnomasini o’qing va shifokor bilan maslahatlashing.

    Agar siz ilgari ITS kabi kasalliklar bilan og’rigan bo’lsangiz, homiladorlik davrida ular kuchayishi mumkin. O`zingiz uchun to’g’ri yechimni topish uchun shifokoringiz bilan maslahatlashing.

    Qorin dam bo`lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan homiladorlik bilan bog’liq boshqa holatlar paydo bo’lishi mumkin. Yolg`on qisqarishlar – homiladorlikning oxirida mushaklar qisqarganda, tartibsiz ravishda sodir bo’ladigan va 2 daqiqagacha davom etadigan holatdir. Bachadonning yumaloq bog`lamlaridagi og’riq bachadon kengayganda paydo bo’ladi va qorinning pastki qismida og’riqni yuzaga keltirishi mumkin.

     

    Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

    Qorin dam bo`lishi asosan zararsizdir, lekin ba’zi hollarda uni diqqat bilan kuzatish kerak. Agar sizda vazn yo’qotish yoki bosh aylanishi, ko’ngil aynishi yoki diareya tez -tez uchrab tursa, siz shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Agar siz qo’shimcha dori -darmonlarni qabul qilishdan havotirlansangiz, ishonch hosil qilish uchun shifokor bilan maslahatlashish foydalidir. Homilador ayollar hamma dorilarni ham ishlatishi mumkin emas.

     

    Qorin dam bo`lishi va meteorizmda nima yordam beradi? (Yengillik)

    Quyida qorin dam bo`lishi va meteorizmni kamaytirish uchun ba’zi usullar va tavsiyalar:

    Espumizan® preparatinig faol moddsi Simetikon qorin dam bo`lishi va meteorizmdan sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gaz hosil bo’lishi bilan bog’liq ko’plab alomatlardan tezda xalos qiladi. Ta`sir etuvchi modda Simetikon oshqozon-ichak yo’lida to’plangan gaz pufakchalarining sirt tarangligini o’zgartirib, ularni parchalaydi. Ajralgan gaz keyin so’riladi yoki chiqariladi, hamda bezovtalik va ijtimoiy havotir kabi alomatlarni yengillashtirib, qorningiz tinchlanishiga yordam beradi.

    Jismoniy faollik, masalan, mavze bo`ylab sayr qilish, ichaklar harakatlanishiga olib keladi, bu esa ortiqcha gazdan xalos bo`lishga yordam beradi Shuningdek muntazam jismoniy mashqlar, hayz ko’rishdagi qorin dam bo`lishini va og’riqni kamaytirishga yordam berishi isbotlangan. Garchi homiladorlik davrida kuchli jismoniy mashqlarni ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak bo’lsa -da, yengil mashqlarni bajarish mumkin.

    Espumizan®

    Espumizan®

    Jismoniy faollik

    Jismoniy faollik

     

    Espumizan® - qorin dam bo`lishidan tezda xalos bo'lish!*

    Qorin dam bo`lishi va meteorizm – tabiiy holat. Ammo zamonaviy turmush tarzi jiddiy yuklamalar bilan bog’liq. Zo`riqtiruvchi ish, hamda sevimli mashg’ulot, oila va ijtimoiy hayot o’rtasidagi doimiy almashishlar, shuningdek ko’p miqdorda nosog’lom ovqatlarni, shu jumladan juda yog’li ovqatlarni iste’mol qilish stressga olib kelishi mumkin. Bizning ovqat hazm qilish tizimimiz bunday yuklamaga bardosh berolmaydi. Hosil bo’lgan ortiqcha gaz ichakda to’planishi va dam bo’lish va og’irlik hissini chaqirishi mumkin. Qorin sohasidagi noqulaylik va nazoratsiz meteorizm bilan bog’liq xavotirlikhning o`zi ham ko’p odamlar uchun stress manbasidir.

    Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan simetikon tez va ishonchli yengillikni ta`minlaydi. Simetikon-qorin dam bo`lishi va meteorizmga qarshi sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gazlar bilan bog’liq alomatlardan tezda xalos bo’lishni ta’minlaydi.

    Espumizan® preparatining faol moddasi Simetikon oshqozon-ichak yo’lidagi oziq -ovqat massasida qolgan gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar parchalanib, gaz ajralgandan keyin, ichak devoriga so’riladi, hamda tabiiy yo’l va kekirish orqali chiqariladi.

    Simetikon  oshqozon -ichak traktida tiqilib qolgan gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar yorilib, gaz ajralib chiqqanda, uning ichak devoriga singib ketishini va kekirish yoki ichak orqali chiqarilishini osonlashtiradi.

    * Klinik tadqiqotlar Simeticon faol мoddasi bilan o’tkazilgan

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Ortiqcha gaz hosil bo`lishidan kelib chiqqan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar.

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg
    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

    Espumizan® kapli,100 mg/ml

    Espumizan® kapli,100 mg/ml

    Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar

    Espumizan® haqida TV rolik