Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Go`daklardagi qorin sanchiqlari

A happy baby lying on his smiling mother is looking curiously at the camera
A happy baby lying on his smiling mother is looking curiously at the camera

 

Go`daklar qorin sanchiqlari nima? (Kirish)

Go`daklar – bizning dunyodagi yangi hayot. Ular doimo o’zlarini va atrofni kashf etadilar.Bu kashfiyotlarning hammasi ham yoqimli emas va norozilikni bildirishning yagona yo’li, albatta, yig’idir. Bola yig’isi ota-onalarni yuqudan mahrum qilishi va kun davomida ko’pgina tashvishlarga duchor etishi mumkin. Kichkinagina go`dak nimani xohlaydi?

Bolaning yig’lashi tabiiy holat. Lekin ota -onalar ko’pincha go`dagining tushunarsiz sabablarga ko’ra uzoq vaqt yig’lashidan havotirga tushadilar. Bu oila uchun jiddiy stress bo’lishi mumkin. Go’daklar qorin sanchiqlarida yig’I kuniga 3 soatdan ko’p davom etadi va bu holat haftasiga uch martadan ko’proq qaytalanishi mumkin. Shu bilan birga, chaqaloqlar kun davomida o'zlarini tinch tutadilar, va yig'lashning eng yuqori nuqtasi odatda kun oxirida yoki kechqurun sodir bo'ladi.

Alomatlar odatda 3-4 oylikdan keyin yo’qoladi, shuning uchun ularni uch oylik sanchiqlar deb ham atashadi. Undan butun dunyoda bolalarning taxminan 10-30% i aziyat chekadi.

 

Nega kichkintoyim sanchiqlardan doimiy yig'laydi?

Bu mavzu bo’yicha qarama -qarshi natijalar olingan ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan. Ammo uglevodlar so’rilshining buzilishi kabi oshqozon-ichak yo’lidagi buzilishlar, go`daklar sanchiqlarning eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri sanaladi. Uglevodlar fermentatsiyasi va ovqat qoldiqlarining bijg’ishi karbonat angidridi va vodorodning ko’payishiga olib keladi. Aksariyat ota-onalar alomatlar sifatida meteorizm va qorin bo’shlig’ida quldirashini ta’riflaydilar, bu esa oshqozon-ichak yo’li muammosi borligini ko’rsatkichidir.

A young mother presses her crying baby to her chest to soothe it from baby colic
A young mother presses her crying baby to her chest to soothe it from baby colic

 

Sanchiqlar vaqtida go`daklar nimani his qilishadi?

Sanchiqlari bor chaqaloqning yig’lashi baland va chinqiriqli bo’ladi va bir necha soat davom etishi mumkin. Bolani erkalash, ovqatlantirish yoki tagligini almashtirish bilan tinchlantirib bo`lmaydi. Bunda tana taranglashganligi va qo’l va oyoqlarning bukib olinishi kuzatiladi. Bunda meteorizm va qorin quldirashi kuzatiladi va qorincha ushalganda taranglashgan yoki to’lishgan bo`lishi mumkin.

 

Shifokorga murojaat qilishim kerakmi?

Agar bolangiz tez-tez, odatdagidan uzoqroq yoki doimiy ravishda yig’lasa, shifokorga murojaat qilgan yaxshiroq. To’liq tekshiruvdan o’tib, siz doimiy yig’ining boshqa sabablarini, masalan, infeksiya yoki shikastlanishlarni istisno qilishingiz mumkin. Sun’iy va ko’krak bilan oziqlantirishda sanchiqlar tez-tezligi farq qilmaydi. Shunga qaramay, ona ratsionidan sigir sutini olib tashlash, chaqaloqdagi sanchiqlarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Go`daklarda laktozani ko`tara olmaslik holati ehtimoldan yiroq. Ammo sigir suti oqsili, aksincha, bolalardagi sanchiqlarga olib kelishi mumkin.

 

Go`daklar uxlashi uchun, ortiqcha miqdordagi gazdan qanday xalos bo`lish mumkin?

Sizga yordam berishi mumkin bo’lgan bir necha oddiy maslahatlar bor: emizish davrida bolani tik holatda ushlab turing, shunda yutib yuborilgan ortiqcha havo chiqib ketishi mumkin. Bola qorinchasini yengil uqalash tinchlantiruvchi xususiyatga ega va yordam berishi mumkin. Go’daklar sanchiqlarida bolalar holatini yengillashtirish uchun Espumizan® kabi retseptsiz beriladigan dorilar keng qo’llaniladi.Simetikon moddasi so’rilmaydigan, yaxshi ko’tara olinadigan ko’pikka qarshi vositadir.

 

Espumizan® - go`daklardagi sanchiqlardan bolani tinchlantirish uchun tezkor yechim!*

Go`daklar sanchiqlari – yosh bolalarda ko’p uchraydigan holat. Ammo doimiy ovqat hazm qilish muammolari go`daklarga katta noqulaylik tug’dirishi mumkin. Ota -onaning azoblanishlari va uyqusiz tunlar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Bolaning atrof-muhitni o’rganishda duch keladigan odatiy stressidan tashqari, ovqat hazm qilish muammolari – oldini olish mumkin bo’lgan xavfdir. Kichkintoyning qornida ortiqcha gaz hosil bo’lishining noqulayligiga, nima noto’g’ri ekanligini ayta olmaslik qo’shiladi.

Espumizanning faol moddasi Simetikon go`daklar sanchiqlarida bolaning noqulaylikdan tez va ishonchli xalos bo’lishga yordam beradi. Ta’sir qiluvchi modda Simetikon – qorin dam bo’lishida sinalgan va samarali vosita. Simetikon oshqozon-ichak yo’lida to’plangan gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar yorilib, gaz ajralib chiqadi, bu gazni kekirish va tabiiy yo’l bilan chiqarilishini osonlashtiradi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Simetikon 80% oilalarning oilaviy hayotini sezilarli darajada yaxshilashga yordam bergan.

* Klinik tadqiqotlar Simeticon faol мoddasi bilan o’tkazilgan

Espumizan® kapli, 100 mg/ml

Ortiqcha gaz hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 100 mg simetikon saqlovchi emulsiya.

Espumizan®  kapli, 100 mg/ml
Espumizan®  kapli, 100 mg/ml

Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml

Espumizan® kapli,100 mg/ml

Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar

Espumizan® haqida TV rolik