

Yuqori doza

Meteorizmdan samarali xalos bo`lish
Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml
Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg
Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar
Ko`p beriladigan savollar
Espumizan® tarkibida faol modda bo’lgan Simetikon saqlanadi, u ovqat hazm qilish tizimidagi gaz pufakchalarining elastikligini o'zgartiradi. Pufakchalar yorilganda, gazlar ajralib chiqadi, bu uning tabiiy yo’l bilan chiqarilishini osonlashtiradi.
40 mg Espumizan® kapsulalari 6 yoshdan boshlab bolalarga va kattalarga tavsiya etiladi. Chaqaloqlar qorin sanchiqlarini simptomatik davolash uchun go`daklar uchun qabul qilinishi oson bo`lgan Espumizan® emulsiyasi mavjud.
Bolalar (6 yoshdan katta) va kattalar kuniga 2 ta kapsuladan (80 mg Simetikon) 3 yoki 4 marta qabul qilishadi. Ovqat bilan yoki ovqatdan keyin, hamda kerak bo’lganda uxlashdan oldin qabul qilinadi. Shikoyatlar saqlanguncha qabul qilinadi. Ammo, agar shikoyatlar takrorlansa va/yoki davom etsa, mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Espumizan® faol moddasi bo’lgan simetikon 50 yildan ortiq vaqtdan beri ma’lum. U yaxshi o’rganilgan, o’tkazilgan tadqiqotlar uning yaxshi ko’tara olinishini tasdiqlaydi. U faqat hazm bo'lmagan oziq-ovqat tarkibidagi gazlarga fizik ta'sir ko'rsatadi va organizmga so'rilmaydi. Uni uzoq vaqt qabul qilish mumkin. Uni qo’llash oson va dozalash qulay (ikkita kichik marvaridcha). Homilador ayollarga to’g’ri keladi. Espumizan® shakar saqlamaydi, shuning uchun ayniqsa diabetga chalinganlar uchun mos keladi. Germaniyada qattiq sifat nazorati ostida ishlab chiqarilgan.
Dori vositasining yo`riqnomasi: Iste’molchilar uchun ma`lumot
Espumizan® kapli, 100 mg
Mazkur dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin yo’riqnomani o'qib chiqing, chunki unda siz uchun muhim ma'lumotlar mavjud. Bu dori vositasini har doim mazkur yo`riqnomada ko'rsatilganidek yoki shifokor yoki farmatsevt aytganidek qabul qiling.
- Ushbu qo'llanmani saqlab qo’ying. Keyinchalik uni qayta o'qishingiz kerak bo'lishi mumkin.
- Agar sizga qo'shimcha ma'lumot yoki maslahat kerak bo'lsa, farmatsevtingizdan so'rang.
- Agar sizda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan gaplashing. Bunga bu yo`riqnomada ko'rsatilmagan ehtimoliy nojo`ya ta'sirlar ham kiradi. 4 -bo'limga qarang.
- Agar o'zingizni yaxshi his qilmasangiz yoki yomonroq his qilsangiz, shifokoringiz bilan gaplashishingiz kerak.