
Mazmuni
Ovqat hazm qilish qanday ishlaydi?
Organizmdagi har bir hujayra to’g’ri ishlashi uchun ozuqa moddalariga muhtoj. Ovqat hazm qilish – bu ovqatni ovqat hazm qilish yo’li orqali harakatlanib, organizmga so’riladigan darajada kichik molekulalarga parchalanish jarayoni. Bu yerdan ozuqa moddalari organizmning barcha hujayralariga yetkaziladi.
Ovqat hazm qilish jarayoni ovqatni chaynaganda boshlanadi. So`lak tarkibidagi fermentlar deb ataladigan foydali moddalar dastlabki ingridientlarni parchalay boshlaydi. Yutilgandan keyin ovqat oshqozonga, keyin ingichka va yo’g’on ichaklarga o`tadi. Bu yerda o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan hamma foydali narsalar so’rilib, organizmning barcha hujayralarida ishlatiladi va qolgan narsalarni axlat shaklida chiqarib tashlanadi.
Odamning ovqat hazm qilish tizimi qanchalik ajoyib bo’lsa, shunchalar sezgir. Zamonaviy turmush tarzi ovqat hazm qilish muvozanati va to’g’ri ishlashi uchun ko’plab tahdidlarni keltirib chiqaradi. Fast-fudlar, stress, jismoniy mashqlar yetishmasligi va hatto gormonal muvozanat buzilishlari bo`lgan shahardagi jo’shqin turmush tarzi ovqat hazm qilish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Oshqozon-ichak yo’lining eng ko’p uchraydigan alomatlaridan biri qorin dam bo`lishi va meteorizmdir.Lekin ular ko’pincha uyalish oqibatida yashiriladi yoki e’tiborga olinmaydi, chunki bemorlar va shifokorlar buni haqiqiy muammo deb bilishmaydi. Biroq, aslida, ko’plab odamlar qorin dam bo`lishi va meteorizm ko`rinishidagi ijtimoiy noqulaylikdan aziyat chekishadi.
Ovqat hazm qilishdagi muammolarning alomatlari
Agar siz kuningizni hojatxonaga tanaffuslarni inobatga olib rejalashtirishingiz kerak deb o’ylasangiz yoki ijtimoiy tadbirlarga takliflarni ortiqcha gazlar hosil bo’lishidan qo`rqib rad etsangiz, siz yolg’iz emassiz. Ovqat hazm qilish muammolari turlicha namoyon bo‘lishi mumkin:
Qorindagi og‘riq
Ko’plab ovqat hazm qilish muammolari qorin og’rig’i bilan namoyon bo’ladi. Bunga spazmlar, nim og’riq yoki qorin dam bo`lishi hissi kiradi.
Diareya
Diareya – bu axlatning soni va hajmini ko’payishi yoki axlat suyuqlanishi bilan kechuvchi ichak ishlashining har qanday o’zgarishidir. Suyuqlik so`rilishining pasayishi yoki ichakda suyuqlik ajralisining oshishi, axlatni suyuq bo`lishiga olib keladi. O’tkir diareya odatda 2-3 haftadan kam davom etadi va asosan bakteriyalar tufayli vujudga keladi.
Refluks va jig`ildon qaynashi
Ba’zida oshqozon kislotasi tomoqqa orqaga harakatlanishi mumkin, bu esa og’izda nordon ta’m chaqirishi mumkin. Ba’zida u ko’krak qafasi va yurak sohasida qizish hissi sifatida namoyon bo’ladi.
Gaz va qorin dam bo`lishi
Statistika shuni ko’rsatadiki, aholining 30% i qorin dam bo`lishidan aziyat chekadi. Bunda qorin sohasida dam bo’lish hissi paydo bo’ladi. Oshqozon-ichak yo’lida gaz hosil bo`lishi odatda bakteriyalar tomonidan fermentatsiyalangan so’rilmagan oziq-ovqat miqdoriga, shuningdek ichak florasining umumiy tarkibi va tarqalishiga bog’liq bo’ladi.

Oshqozondagi og`riq

Diareya

Refluks va jig`ildon qaynashi

Gazlar va qorin dam bo`lishi
Nega menda ovqat hazm qilish muammolari mavjud? (sabablar)
Davolash
Ko’p muammolar zamonaviy turmush tarzi bilan bog’liq bo’lishi mumkinligi sababli, siz qorin dam bo`lishi bilan bog`liq muammolarni kamaytirish uchun ko’p narsa qilishingiz mumkin. Odatlaringiz va kun tartibingizni diqqat bilan ko’rib chiqish, sabablarni topishga yordam beradi.
Espumizan® – qorin dam bo`lishidan tezda xalos bo'lish!*
Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml
Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg
Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar