Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Kasalliklardagi qorin dam bo`lishlari

A young man sits at the window seat in a cafe and grips his belly with a pained face - his drink in front of him is empty
A young man sits at the window seat in a cafe and grips his belly with a pained face - his drink in front of him is empty

 

Gastrit nima?

Gastrit – bu oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi. Gastrit kelib chiqishiga ko’p sabablar bo’lishi va u to’satdan boshlanib, tezda o’tib ketishi mumkin. O’ziga xos alomatlariga og’riq, och qoringa yoki ovqatdan keyin epigastriyda og’riq yoki noqulaylik kiradi. Agar surunkali gastrit uzoq vaqt aniqlanmasa, boshqa sog’liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Enterokolit nima?

Enterokolit- ovqat hazm qilish yo’lining yana bir kasalligi. Ingichka va yo’g’on ichakning devorlari va shilliq qavati yallig’lanib, isitma, qorin dam bo’lishi, ko’ngil aynashi va ovqat hazm qilish muammolari kabi bir qator alomatlarni keltirib chiqaradi. Bolalarda ovqat hazm qilish tizimi zaif rivojlangan bo’ladi, shuning uchun bakterial hujumga ko’proq moyil bo`ladi va bu ehtimol muammoni yanada kuchaytirishi mumkin.

Kattalarda enterokolit infektsiyalar tufayli yoki antibiotiklarni qabul qilishga reaktsiya sifatida rivojlanishi mumkin. Yo'g'on ichakdagi foydali bakteriyalar ham antibiotiklar tomonidan nobud bo'ladi, bu esa boshqa bakteriyalarga tarqalib, infektsiyani keltirib chiqarish imkoniyatini beradi.

A young woman sits cross-legged on the sofa with her back bent and her right arm supporting her forehead. She is covered with a blanket
A young woman sits cross-legged on the sofa with her back bent and her right arm supporting her forehead. She is covered with a blanket

 

Gastrit va enterokolit qachon paydo bo'ladi?

Gastrit ibuprofen kabi og’riq qoldiruvchi dorilar sababli yoki yaqinda oshqozonda o’tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin yoki nur terapiyasidan keyin rivojlanishi mumkini. Garchi glyuten kasalligi va oziq-ovqat allergiyasi kabi holatlar gastrit keltirib chiqarmasa ham, uning kechishini kuchaytirishi mumkin. B12 vitaminining yetishmasligi, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, yuqori darajadagi stress gastritni kuchaytirishi mumkin.

Enterokolitni eng ko’p chaqiruvchi omil - bakterial infeksiyadir. Bu holat bilan E.coli bakteriyasi bog’liq. Antibiotiklarni qabul qilish ovqat hazm qilish tizimini zaiflashtirishi va sog’lom ichak bakteriyalarini nobud qilishi va himoyalanmagan tizimini infeksiyalanishi uchun yo’l ochishi mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, buning sababi yosh bolalardagi zaif immunitet va ovqat hazm qilish tizimi hisoblanadi, lekin buning uchun qo’shimcha tekshiruvlar o`tkazilishi zarur.

 

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak

Enterokolit holatlarida, shifokor kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonans tomografiyasi va boshqa vizualizatsiya usullarini o’z ichiga olgan testlarni va tekshiruvlarni o’tkazishi kerak bo’ladi. Shuning uchun tibbiy yordamga murojaat qilish juda muhimdir. Agarda isitma, qorin dam bo`lishi, diareya, qusish, charchoq va umumiy holsizlik kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling. Shuningdek rektal qon ketishi kabi qo’shimcha alomatlar kuzatilishi mumkin.

Gastritni tashxislash uchun bakteriyalarning ma`lum bir turlarini aniqlash uchun qon va axlatni tekshirish kerak shuning uchun bu yerda ham tibbiy yordam olish juda muhim. Shuningdek, shifokor rentgen tekshirivuni o’tkazishi va jigar, oshqozon osti bezi, buyraklar va o’t pufagi kabi bir qator organlarning faoliyatini tekshirishi mumkin.

Agar sizda quyidagi alomatlardan biri kuztilsa, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak:

Yurak tez urishi

Yurak tez urishi

Nafas olishning buzilishi

Nafas olishning buzilishi

Terlash

Terlash

Isitma va qorin og'rig'i

Isitma va qorin og'rig'i

Qora yoki qonli axlat

Qora yoki qonli axlat

Qon bilan qusish

Qon bilan qusish

Bosh aylanishi va hushdan ketish

Bosh aylanishi va hushdan ketish

 

Gastrit yoki enterokolitda qorin dam bo`lishini qanday qilib oldini olish mumkin

Gastrit va enterokolit holatlarida bir qator muolajalar, jumladan jarrohlik amaliyoti talab qilinsa-da, ovqat hazm qilishni yaxshilash va davolanishga yordam berish uchun ratsion darajasida qilishingiz mumkin bo’lgan narsalar mavjud. Suvsizlanishni oldini olish va regidratsiya uchun ko`p miqdorda suyuqlik ichish o’ta muhimdir. Tarkibida suyuqlik ko`p bo`lgan mahsulotlar elektrolitlar va ozuqa moddalarini ham saqlaydi. Ichak kasalliklari haqida gapiradigan bo’lsak, ichak salomatligini saqlash ham muhim qadamdir. Jonli yogurt kabi probiotiklar ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Oshqozonni ta’sirlantiruvchi dori-darmonlardan saqlaning, chekmaslik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik ham oshqozonga foyda keltiradi.

 

Qorin dam bo`lishining boshqa sabablari

Gazlar hosil bo’lishi va ularning chiqarilishi tabiiy holat. Ammo ularning hajmi va tez-tezligi turli odamlarda farq qiladi. Haddan tashqari qorinning dam bo`lishi va meteorizm turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin.

 

Qorin dam bo`lishi va meteorizmga nima yordam beradi?

Va mana: siz hozirgina to`yib tushlik qildingiz va qorinda yana to’lalikni his qilyapsiz. Quyida sizga qorin dam bo`lishi va meteorizmni kamaytirish uchun bir nechta usullar va tavsiyalar:

Qorinni yo’g’on ichak bo’ylab yengil uqalash, ichakda to’planib qolgan gazni chiqarishga yordam beradi.

Jismoniy faollik, ko’chada va yu atrofida sayr qilish ichaklarni faollashtirishga yordam berishi mumkin, bu esa ortiqcha gazlardan xalos bo’lishga yordam beradi.Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, muntazam jismoniy faollik qorin dam bo’lishi va hayz ko’rish davrida og’riqlarda yordam beradi.

Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan Simetikon – qorin dam bo`lishi va meteorizmdan sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gaz hosil bo’lishigaz bilan bog’liq ko’plab alomatlardan tezda xalos qiladi. Ta`sir etuvchi modda Simetikon oshqozon-ichak yo’lida to’plangan gaz pufakchalarining sirt tarangligini o’zgartirib, ularni parchalaydi. Ajralgan gaz keyin so’riladi yoki chiqariladi.

 

Espumizan® - qorin dam bo`lishidan tezda xalos bo'lish!*

Qorin dam bo`lishi va meteorizm – tabiiy holat. Ammo zamonaviy turmush tarzi jiddiy yuklamalar bilan bog’liq. Zo`riqtiruvchi ish, hamda sevimli mashg’ulot, oila va ijtimoiy hayot o’rtasidagi doimiy almashishlar, shuningdek ko’p miqdorda nosog’lom ovqatlarni, shu jumladan juda yog’li ovqatlarni iste’mol qilish stressga olib kelishi mumkin. Bizning ovqat hazm qilish tizimimiz bunday yuklamaga bardosh berolmaydi. Hosil bo’lgan ortiqcha gaz ichakda to’planishi va dam bo’lish va og’irlik hissini chaqirishi mumkin. Qorin sohasidagi noqulaylik va nazoratsiz meteorizm bilan bog’liq xavotirlikhning o`zi ham ko’p odamlar uchun stress manbasidir.

Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan simetikon tez va ishonchli yengillikni ta`minlaydi. Simetikon-qorin dam bo`lishi va meteorizmga qarshi sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gazlar bilan bog’liq alomatlardan tezda xalos bo’lishni ta’minlaydi.

Espumizan® preparatining faol moddasi Simetikon oshqozon-ichak yo’lidagi oziq -ovqat massasida qolgan gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar parchalanib, gaz ajralgandan keyin, ichak devoriga so’riladi, hamda tabiiy yo’l va kekirish orqali chiqariladi.

* Klinik tadqiqotlar Simeticon faol мoddasi bilan o’tkazilgan

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Ortiqcha gaz hosil bo`lishidan kelib chiqqan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg
Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml

Espumizan® kapli,100 mg/ml

Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar

Espumizan® haqida TV rolik

Video Player