
Hayz davridagi qorin dam bo`lishi nima?
Ko’p ayollar hayz davrida qorinda noqulaylik, sanchiq va og’riq his qilishadi. Ammo hamma alomatlar ham hayz ko’rish bilan bog’liq emas. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, qorin og’rig’i, ko’ngil aynishi va oshqozon-ichak yo’lida dam bo’lish bevosita hayz ko’rishdan oldin va hayz vaqtida kuchayadi. Hayz sikli uchun muhim bo’lgan gormonlar darajasi oyning turli vaqtlarida o’zgarib turadi. Bu gormonlar nafaqat bizning his-tuyg’ularimizga, balki ovqat hazm qilishga ham ta’sir qiladi. Xususan, progesteron va estrogen kabi gormonlar qorin dam bo`lishi, gazlar hosil bo’lishi va ich qotishi kabi nojo`ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi.
Qachon va nima uchun qorin dam bo`lishi paydo bo'ladi?
Sikl davomida gormonlar ajralib chiqishi bilan, bachadon shilliq qavatini tashlaydi. Bu davriy spazmlarga olib kelishi mumkin, bu esa o’z navbatida qorin dam bo`lishi, ortiqcha gaz hosil bo’lishi yoki hatto ich ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Bularning hammasi hayz siklning ko’p uchraydigan va yoqimsiz nojo`ya ta’siridir. Ular hayz ko’rish boshlanishidan oldin qorni dam bo’lishi bilan namoyon bo’ladi va ayollar qorin to’lganligi yoki og’irlikni his qilishadi. Bu hayz ko’rishdan 1-2 hafta oldin hayz oldi sindromning (HOS) alomatlaridan biri bo’lishi mumkin. Gormonal disbalans ovqat hazm qilish tizimini ishini sekinlashtirishi mumkin va qorin dam bo’lishini chaqirishi mumkin, chunki ovqat hazm bo’lishi uchun ko’proq vaqt kerak bo’ladi.
Qanday qilib qorin dam bo`lishini oldini olish mumkin

Kam natriyli parhez

Jismoniy faollik

Ko`p miqdorda suv ichish

Kofein va alkogoldan voz kechish

Yarim tayyor mahsulotlardan voz kechish
Qorin dam bo`lishi va meteorizmga nima yordam beradi?
Gazlar hosil bo’lishi va ularning chiqarilishi oddiy jarayondir. O’rtacha odam kuniga 0,5-3 litr gaz chiqaradi, o’rtacha 14 marta. Ammo ularning hajmi va tez-tezligi turli odamlarda farq qiladi. Qorin dam bo`lishi va meteorizm turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin.
Qorinni yo’g’on ichak bo’ylab yengil uqalash, ichakda to’planib qolgan gazni chiqarishga yordam beradi.
Jismoniy faollik, ko’chada va yu atrofida sayr qilish ichaklarni faollashtirishga yordam berishi mumkin, bu esa ortiqcha gazlardan xalos bo’lishga yordam beradi.Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, muntazam jismoniy faollik qorin dam bo’lishi va hayz ko’rish davrida og’riqlarda yordam beradi.
Espumizan® preparatinig faol moddsi Simetikon qorin dam bo`lishi va meteorizmdan sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gaz hosil bo’lishi bilan bog’liq ko’plab alomatlardan tezda xalos qiladi. Ta`sir etuvchi modda Simetikon oshqozon-ichak yo’lida to’plangan gaz pufakchalarining sirt tarangligini o’zgartirib, ularni parchalaydi. Ajralgan gaz keyin so’riladi yoki chiqariladi, hamda bezovtalik va ijtimoiy havotir kabi alomatlarni yengillashtirib, qorningiz tinchlanishiga yordam beradi.
Simetikon oshqozon-ichak traktida to’plangan gaz pufakchalarining sirt tarangligini o’zgartiradi va keyinchalik so’rilishi yoki chiqarilib yuborilishi mumkin bo`lgan gazni chiqaradi.
Espumizan® - qorin dam bo`lishidan tezda xalos bo'lish!*
Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml
Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg
Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar