Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

“Oq shovqin”

A young mother with her eyes closed pressing her sleeping baby against her chest
A young mother with her eyes closed pressing her sleeping baby against her chest

 

Go'daklar uchun “oq shovqin” nima?

Deyarli barcha ota-onalar chaqalog’ini uyqudan oldin tinchlantirish muammosiga duch kelishadi. Bezovta bolalar ba'zan ota-onasini tuni bilan uxlatmaydilar. Lekin ovqatlantirish va yupatish - bolani tinchlantirishning yagona usuli emas. “Oq shovqin” tovushlari go`daklarning uxlashini osonlashtirishning tekshirilgan usuldir.

“Oq shovqin” nima? “Oq shovqin” – yomg’ir yoki okean tovushlari kabi tinchlantiruvchi va monoton tovushlarning umumiy atamasi. Go`daklar uchun “oq shovqin” sifatida, bola ona qornida eshitishga odatlangan tovushga o’xshash tovush qo’llaniladi. Bu radiodagi bo’g’iq shovqin va konditsionerning g’uvillashi birgalikda kelgandagi shovqinga o’xshaydi. Hozirda “oq shovqin” hosil qiladigan uyali ilovalar va qurilmalar bor.

 

“Oq shovqin” go`daklarning uxlashiga yordam beradimi?

Ko’p ota-onalar changyutgich yoki fen shovqini bolalarini tinchlantirishini kuzatishgan. Garchi bunday yondashuv samarasiz, “xalq” vositasidek tuyulsada, uning ortida ilmiy asos bor. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, “oq shovqin” ishlab chiqaruvchi uskuna ishlab turganida bolaning uxlash ehtimoli uch barobarga ortadi.

 

“Oq shovqin” go`daklarni qanday tinchlantiradi?

Ko’pchilik kattalarni tomga yomg’ir yog’ayotgani yoki yaqinlashayotgan momaqaldiroq tovushi tinchlantiradi. Xuddi shunday ma’lum bir tovushlar go`daklarni ham tinchlantiradi. Lekin nima uchun bu sodir bo’ladi? Go’dak hayotining birinchi oylarini o’zi uchun tinch va osoyishta deb hisoblanadigan joyda, ona qornida o’tkazganligini esdan chiqarmaylik. Lekin kichkintoy u yerda doimiy shovqin eshitgan. Buni vanna qabul qilayotganda boshimizni suvga tiqib turganda eshitiladigan atrof muhitning tovushlari bilan taqqoslash mumkin. “Oq shovqin” – bu chaqaloqning ona qornida o’rgangan ovoziga o’xshaydi. Bu xuddi ota-onaning «shshshsh» deb pichirlashi kabi uzoq va sokin shivirlashga o’xshaydi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, “oq shovqin” bolani bir necha daqiqada tinchlantiradi va yurak urish tezligini pasaytiradi.

 

Go`daklar uchun “oq shovqin” qanchalik baland bo'lishi kerak?

Shubhasiz, uyquda muammosi bo’lgan bolalar uchun “oq shovqin” foydali bo’lishi mumkin. Ammo u qanday darajada baland bo’lishi kerak? Amerika Pediatriya Akademiyasi tavsiya etilgan shovqin chegarasi sifatida 50 detsibelni taklif qiladi. Ilmiy izlanishlarda 67 desibel ovoz balandligi foydali ekanligi ko’rsatilgan.

Icon of the recommended volume limit of 67 decibels that have been proven helpful for babies having trouble sleeping
Icon of the recommended volume limit of 67 decibels that have been proven helpful for babies having trouble sleeping

 

Qachon bolangiz uchun "oq shovqin" dan foydalanmasligingiz kerak?

Agar bolangiz “oq shovqin” ni birinchi bor eshitayotgan bo’lsa, ehtiyot bo’lish kerak. Go`dakning quloqlari kattalarnikiga qaraganda ancha sezgir bo’ladi, shuning uchun kichkintoyning qulog’iga zarar bermaslik uchun shovqin balandlik darajasini to’g’ri tanlash kerak. Bozorda bolaga ta’sir qiladigan shovqin darajasini nazorat qilishga yordam beradigan bolalar uchun xavfsiz bo’lgan ko’plab mahsulotlar mavjud.

Lekin bu usulning ba’zi kamchiliklari bor. Agar bola “oq shovqin” da uxlashga o`rganib qolsa, buvisinikiga borganda uskuna yordamisiz uxlay olmasligi mumkin. Shuningdek, “oq shovqin” bolangizga ta`sir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari, uzoq va doimiy yig’lashlar go`daklar sanchiqlarning belgisi ham bo’lishi mumkin. Bu oshqozon-ichak yo’li muammosini “oq shovqin” tovushi yordamida hal qilish oson emas. Go`daklarni uxlatish uchun sizga Espumizan® kabi retseptsiz beriladigan dorilar yordam berishi mumkin.

 

“Oq shovqin” bolamga nega ta`sir qilmaydi?

Bu mavzu bo’yicha qarama-qarshi natijalar ko`rsatgan ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan. Ammo uglevodlarning so’rilishining buzilishlari oshqozon-ichak yo’li muammolari go`daklar sanchiqlarning eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri sanaladi. Uglevod qoldiqlarining fermentatsiyasi karbonat angidrid va vodorodning ko’payishiga olib keladi. Chaqaloq qorni damlanadi va taranglashadi, hamda qorin quldirashi va meteorizm kuzatiladi.

 

Go`daklar sanchiqlari bor bolaga Espumizan® bilan yordam

Go`daklar sanchiqlari - yosh bolalarda uchraydigan holat bo’lib, ularga katta noqulaylik tug’dirishi mumkin. Espumizan® preparatining faol moddasi Simetikon tez va ishonchli yengillikni ta`minlaydi. Simetikon – go`daklar sanchiqlarida bezovtalanishga qarshi sinalgangan va samarali vosita.

Espumizan® preparatining faol moddasi Simetikon oshqozon-ichak yo’lidagi oziq -ovqat massasida qolgan gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar parchalanib, gaz ajralgandan keyin, ichak devoriga so’riladi, hamda kekirish va tabiiy yo’l orqali chiqarilishi osonlashadi. Espumizan® preparatining faol moddasini bitta dozasi “oq shovqin” tovushi bilan, bolaning kechki uzoq yig’lashlarida va kunduzgi notinchliklardan keyin yuzaga kelgan yig’ida tezda yengillashishni ta`minlashi mumkin.

Espumizan® kapli, 100 mg/ml

Ortiqcha gaz hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 100 mg simetikon saqlovchi emulsiya.

Espumizan®  kapli, 100 mg/ml
Espumizan®  kapli, 100 mg/ml

Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

Espumizan® kapli,100 mg/ml

Espumizan® kapli,100 mg/ml

Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Espumizan® kapsulalar, 40 mg

Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar

Espumizan® haqida TV rolik