Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Espumizan® preparati to’g’risida

Packaging of Espumisan in different dosage forms for different needs
Packaging of Espumisan in different dosage forms for different needs

Espumizan® - zamonaviy, jo’shqin dunyodagi odamlar uchun

Biz tez o’zgaruvchan dunyoda yashayapmiz. Kunlarimiz ko’pincha tig`iz ish jadvali bilan o`tadi va yo`l-yo`lakay ovqatlanish va qahva ichish faollikni saqlashga yordam beradi. Bunday muhitda, ko’pchilik odamlar qaysidir davrlarda qorin dam bo`lishi va meteorizmni boshdan o`tkazadilar. Bizning ovqat hazm qilish tizimimiz ajoyib va sezgir. Garchi qorin dam bo`lishi jiddiy kasallik deb hisoblanmasa -da, bu atrofdagilarga bo’lgan ishonchimizni pasaytirib, do’stlarimiz va hamkasblarimiz bilan vaqt o’tkazishga to’sqinlik qilishi mumkin.

Espumizan® yordamida qorin dam bo`lishidan tezda xalos bo`lish*

Tezkorlikni pasaytirish va sog’lom ovqatlanishga amal qilishdan, bu haqida gapirish osonroq. Bu yerda Espumizan® o'yinga tushadi. Espumizan® preparatining faol moddasi sizni qorin bo’shlig’idagi dam bo`lish hissidan tezda xalos qilishi va sizni muvaffaqiyatli kun uchun to’g’ri yo’lga yo`naltirishi mumkin!

Ilmiy tadqiqotlar Espumizan® preparatining faol moddasini ko’pik so’ndiruvchi ta’sirini tasdiqlagan. U gaz bilan bog’liq bo`lgan ovqat hazm qilish muammolarini davolashda samarali.

* Klinik tadqiqotlar Simeticon faol мoddasi bilan o’tkazilgan.

Espumizan® qanday ta’sir qiladi?

Ko'pchiligimiz to’yib ovqat iste'mol qilgandan keyin "og'irlik" yoki "to'liqlik" hissiga duch kelganmiz. Qorin bo'shlig'ida gaz yoki havo haddan tashqari ko'p bo'lsa, uni qorin dam bo’lishi deb ataladi. Odam qornini gazlar sababli to'la, qattiq, shishgan yoki taranglashganligini his qiladi. Agar gazlar chiqarilsa, darhol yengillik paydo bo'ladi.

Lekin nima uchun ovqat hazm qilish tizimida gazlar to’planadi? Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ular to’liq o`rganilmagan. Lekin qorin dam bo’lishi asosan ichak gazlarining hosil bo’lishi va chiqarilishidagi muammolar bilan bog’liq. Hosil bo’lgan gazlar hazm bo’lmagan oziq -ovqat yoki ichak shilliq’ida ushlanib qolishi mumkin, xuddi sovunli suvdagi mayda pufakchalar singari.

Espumizan® preparatining faol moddasi gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar yorilishi bilan gazlar ajralib chiqadi va tabiiy yo’l bilan chiqariladi.

Espumizan® qachon ichiladi?

Qorin dam bo`lishi va meteorizm - shifokorga tashrif buyurish davrida oshqozon – ichak tarafidan eng ko’p uchraydigan alomatlardan biridir. Meteorizm sabablari, alomatlarning intensivligi har xil odamlarda farq qilishi mumkin. Espumizan® faol moddasi simetikon - qorin dam bo`lishi va meteorizmga qarshi sinalgan va samarali vosita. Espumizan® faol moddasining bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gazlar bilan bog’liq alomatlarda tezkor yengillik beradi. Espumizan® faol moddasi simetikon qorin dam bo`lishiga qarshi samarasini isbotlagan. 

Qanday holatlar va vaziyatlar qorin dam bo`lishiga olib kelishi mumkin?:

  • Homiladorlik, hayz ko’rish yoki menopauza davridagi qorin dam bo`lishi.
  • Ba’zi oziq - ovqat mahsulotlariga sezuvchanlik yoki ularni ko`tara olmaslik sababli qorin dam bo`lishi.
  • Go`daklardagi qorin sanchiqlari.
  • Stress sababli qorin dam bo`lishi.

Espumizan® nojo`ya ta'sirlarga egami?

Espumizan® faol moddasi bo’lgan simetikon 50 yildan ortiq vaqtdan beri ma’lum. U yaxshi o’rganilgan, o’tkazilgan tadqiqotlar uning yaxshi ko’tara olinishini tasdiqlaydi. U faqat hazm bo'lmagan oziq-ovqat tarkibidagi gazga fizik ta'sir ko'rsatadi va organizmga so'rilmaydi. Uni uzoq vaqt qabul qilish mumkin. Uni qo’llash oson va dozalash qulay (ikkita kichik marvaridcha). Homilador ayollar va go`daklarga to’g’ri keladi. Espumizan® shakar saqlamaydi, shuning uchun ayniqsa diabetga chalinganlar uchun mos keladi. Germaniyada qattiq sifat nazorati ostida ishlab chiqarilgan.

Preparatning shakllari

Espumizan® - qorin dam bo'lishidan tezda xalos bo`lish!*

Qorin dam bo`lishi va meteorizm – tabiiy holat. Ammo zamonaviy turmush tarzi jiddiy yuklamalar bilan bog’liq. Zo`riqtiruvchi ish, hamda sevimli mashg’ulot, oila va ijtimoiy hayot o’rtasidagi doimiy almashishlar, shuningdek ko’p miqdorda nosog’lom ovqatlarni, shu jumladan juda yog’li ovqatlarni iste’mol qilish stressga olib kelishi mumkin. Bizning ovqat hazm qilish tizimimiz bunday yuklamaga bardosh berolmaydi. Hosil bo’lgan ortiqcha gaz ichakda to’planishi va dam bo’lish va og’irlik hissini chaqirishi mumkin. Qorin sohasidagi noqulaylik va nazoratsiz meteorizm bilan bog’liq xavotirlikhning o`zi ham ko’p odamlar uchun stress manbasidir.

Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan simetikon tez va ishonchli yengillikni ta`minlaydi. Simetikon-qorin dam bo`lishi va meteorizmga qarshi sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm yoki qorin dam bo`lishi kabi ortiqcha gazlar bilan bog’liq alomatlardan tezda xalos bo’lishni ta’minlaydi.

* Klinik tadqiqotlar Simetikon faol мoddasi bilan o’tkazilgan

Espumizan® haqida TV rolik