Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

Sayohat vaqtida qorin dam bo’lishi

The back of a backpack tourist on the streets of Bangkok wearing a straw hat
The back of a backpack tourist on the streets of Bangkok wearing a straw hat

 

Nega ta'til paytida menda qorin dam bo’ladi?

Birinchidan, siz qorin dam bo`lishidan aziyat chekayotgan bo`lsangiz, siz yolg’iz emassiz. Qorin dam bo`lishidan erkaklar ham, ayollar ham aziyat chekadi. Ko’p odamlar ertami-kechmi qorin dam bo`lishi va meteorizmni boshdan kechiradi. Bizning organizm – ovqatni energiyaga aylantira oladigan ajoyib tizim. Va agar siz ta'tilda bo'lsangiz, organizm ishlatadigan "energiya" tabiiy ravishda o'zgaradi. Siz tashrif buyurayotgan yangi mamlakat madaniyati bilan tanishish pazandalik qismidan boshlanadi. Tarkibida shirin, shu bilan birga achchiq karri saqlovchi taomlar, masalan Tailandda, sizning organism o'rganmagan taomdir. Bundan tashqari, xorijiy restoranlarda yomon gigiena sharoitlari bo'lishi mumkin, bu bizning ovqat hazm qilish tizimimizga ta'sir qilishi mumkin.

Ammo sayohat paytida qorin dam bo’lishini his qilish uchun uzoqqa borish shart emas. Agar siz do'stlaringiz bilan shahardan bir soat uzoqda dam olayotgan bo'lsangiz ham, bu sizni ovqatlanish odatlaringizni o'zgartirishga undashi mumkin. Siz va sizning do'stlaringiz gazaklar, spirtli ichimliklar va yog'li ovqatlarni iste'mol qilishingiz mumkin. Axir, siz ta'tildasiz! Ammo oshqozoningiz ularga bardosh bera olmasligi, hamda sizga qorin dam bo’lishi va meteorizm bilan rahmat aytishi mumkin. Bu ba'zi odamlar uchun haqiqiy muammo bo'lishi mumkin, shuningdek, xijolat chekish va ijtimoiy noqulaylik tug'dirishi mumkin.

 

Sayohat paytida qorin dam bo’lishiga nima sabab bo'lishi mumkin?

Insonning ovqat hazm qilish tizimi ajoyib, hamda sezgir. Oshqozoningiz uchun yangi bo'lgan taomlarni tatib ko'rsangiz (masalan, shirin gazaklar, ko'p miqdorda spirtli ichimliklar yoki gazlangan ichimliklar), bu ham oshqozonni ta’sirlashi mumkin. Avtomobil yangi yoqilg'i bilan bog'liq muammolarga duch kelganidek, sizning organism ham o'zgarishlarga sezgir.

Gaz hosil bo'lishi turli omillarga bog'liq, masalan, ingichka ichakda bakterial fermentatsiya uchun yomon so'rilgan ingredientlarning mavjudligi, shuningdek, ichak florasining tarkibi va tarqalishi. Ta’til vaqtida ratsioningizga yangi oziq-ovqat va ichimliklar qo'shish muvozanatni buzadi. Oshqozon va ichakdagi hazm bo'lmagan ovqatlar bakteriyalar rivojlanishi va gazlar hosil bo’lishi uchun ajoyib zamin yaratadi.

Ta’til – bu dam olish va kuchlarni qayta tiklash vaqtidir, ammo hayajonli va yangi tajribalar bilan faol dam olishni afzal ko'radiganlar ham bor. Faol dam olishda, issiq havoda, Osiyodagi qadimiy ibodatxonalarni o'rganish organizm uchun qo'shimcha stressdir va shuning uchun u ovqat hazm qilishga ta'sir qilishi mumkin.

A blonde woman in summer white top and sunglasses at a food stall
A blonde woman in summer white top and sunglasses at a food stall

 

Ta’til paytida ovqat hazm qilishning buzilishi qanday namoyon bo’ladi?

Ko'pchilik o'z ta'tilini uyidan uzoqda o'tkazadi, lekin ularning yo’nalishidagi eng muhim omil har doim hojatxonaga kirish imkoniyatidir. Agar sizga noxush vaziyatga tushib qolishdan qo'rquv tanish bo’lsa, bilingki siz yolg'iz emassiz. Ta’til paytidagi ovqat hazm qilish muammolari xar hil namoyon bo’lishi mumkin:

Qorindagi og'riq
Ko'pgina ovqat hazm qilish muammolari qorin og'rig'i orqali o'zini bildiradi. U spazmlar, simillovchi og'riq yoki qorin dam bo’lishi hissi ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Diareya
Diareya - bu ich kelishining xususiyatlarini o'zgarishi, shu jumladan ich kelishi sonining, hajmining yoki oqish darajasining ko’payishi. Axlat suyuqlashishi suyuqlik so'rilishining kamayishi yoki ichakdagi suyuqlik ajralishining ko'payishi tufayli bo’lishi mumkin. O'tkir diareya odatda ikki-uch haftadan ortiq davom etmaydi va ko'pincha bakteriyalar sababli bo'ladi.

Refluks va jig’ildon qaynashi
Ba'zida oshqozon kislotasi og'iz bo’shlig’iga tushishi mumkin, natijada nordon ta'm paydo bo'ladi. Ba'zida reflyuks, shuningdek, tananing yuqori qismida va yurak sohasida yonish hissini chaqiradi.

Gazlar va qorin dam bo’lishi
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyodagi odamlarning 30 % qorin dam bo’lishidan aziyat chekadi. Bu muammo qorin shishishi hissi va og'riq bilan tavsiflanadi. Odatda oshqozon-ichak yo’lida gaz hosil bo’lishiga bakteriyalar tomonidan achitilgan hazm bo’lmagan oziq-ovqat miqdoriga, shuningdek ichak florasining umumiy tarkibi va tarqalishi ta’sir qiladi.

 

Sayohat paytida qorin dam bo’lishidan qanday xalos bo’lish mumkin?

Tasavvur qiling, ta’til paytida qorin og'riqli dam bo’ldi, quyida sizga yordam berishi mumkin bo’lgan bir nechta narsalar.

Tez ta'sir qiluvchi retseptsiz beriladigan dorilarni dorixonalardan topish mumkin. Espumisan® kabi preparatlarda gazlarning to'g'ri chiqarilishini ta'minlash uchun maxsus ingredientlardan foydalaniladi. Bunday dorilarni oldindan sotib olish va uni sayohat paytida o’zingiz bilan olish tavsiya etiladi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yengil jismoniy faollik ichaklardan gazlarni chiqarilishini yaxshilashi mumkin. Masalan, uy atrofida sayr qilish ichaklarni faollashtirishi va ortiqcha gazlarni chiqarilishiga yordam berishi mumkin. Isbotlanganki, muntazam jismoniy mashqlar hayz davridagi qorin og'rig’i va dam bo’lishini yengillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, umurtqaning noto'g'ri holati va belga yotish holati gazlarning normal harakatlanishiga xalaqit berishi mumkin.

Qorinni yo’g’on ichak bo’ylab yengil uqalash, ichakda to’planib qolgan gazni chiqarishga yordam beradi.

Agar qorin dam bo’lishi va ovqat hazm qilish muammolari davom etaversa, jiddiy muammoni istisno qilish uchun har doim shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ular odatda sayohat muammolarini hal qilishda katta tajribalari bo’ladi.

    Young parents having a meal at the dining table, wearing their work clothes with their child sitting between them. They are laughing and having a good time together
    Young parents having a meal at the dining table, wearing their work clothes with their child sitting between them. They are laughing and having a good time together

    Qorin dam bo`lishiga olib keladigan mahsulotlar va vaziyatlarni aniqlang va ulardan saqlaning. Sizda qorin dam bo`lishi ba'zi taom turlaridan yoki ovqatlardan keyin paydo bo`ladimi? Siz ba'zi holatlarga, masalan stressga ta`sirchanmisiz?

    A blonde woman with a bob prepares her smoothie with pineapple and various fruits
    A blonde woman with a bob prepares her smoothie with pineapple and various fruits

    Oddiy ratsionga rioya qiling. Agar siz qorinda noqulaylikni sezayotgan bo'lsangiz, bir necha kun davomida guruch va sabzavotlar kabi oddiy mahsulotlardan iborat ratsion foydali bo’ladi. Go'sht va souslardan voz kechish, yangi ovqatga moslashish uchun oshqozoningizga biroz dam berishi mumkin.

    A young woman with long, brown hair holds a tall glass with her hand and drinks a carbonated drink with a straw out of it
    A young woman with long, brown hair holds a tall glass with her hand and drinks a carbonated drink with a straw out of it

    Qorin dam bo`lishiga sabab bo`ladigan odatlardan saqlaning. Ma'lumki, alkogol, tamaki va gazli ichimliklar qorin dam bo`lishiga olib keladi. Ularni ratsiondan chiqarib tashlash, sog`ayish uchun birinchi qadam bo'lishi mumkin.

    Woman’s hand pouring the medicine out of the bottle on her left palm
    Woman’s hand pouring the medicine out of the bottle on her left palm

    Retseptsiz beriladigan dorilar. Tez yengillkka dorixonalarda bor bo’lgan dorilar bilan erishish mumkin. Espumisan® kabi preparatlarda gazlarni to'g'ri harakatlanishiga yordam beradigan maxsus ingredientlardan foydalaniladi.

    A woman and a man looking at each other while kneeling on the side of the road and tying their jogging shoes
    A woman and a man looking at each other while kneeling on the side of the road and tying their jogging shoes

    Jismoniy faollik
    Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yengil jismoniy faollik ichaklardan gazlarni chiqarilishini yaxshilashi mumkin. Masalan, uy atrofida sayr qilish ichaklarni faollashtirishi va ortiqcha gazlarni chiqarilishiga yordam berishi mumkin. Isbotlanganki, muntazam jismoniy mashqlar hayz davridagi qorin og'rig’i va dam bo’lishini yengillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, umurtqaning noto'g'ri holati va belga yotish holati gazlarning normal harakatlanishiga xalaqit berishi mumkin.

     

    Sayohat paytida qorin dam bo’lishini qanday oldini olish mumkin?

    Ovqat hazm qilish muammolari ovqat hazm qilishning turli bosqichlarida paydo bo’lishi mumkin. Muammolar ko`p miqdorda havo yutib yuborilishi yoki juda tez ovqat yeyish tufayli yoki ichaklarda ortiqcha gaz hosil bo`lishi bilan boshlanishi mumkin. Ta’til paytidagi qorin dam bo’lishi shish paydo bo'lishi asosan oziq-ovqatlarning noto'g'ri hazm bo'lishidan kelib chiqqanligi sababli, ta’til paytidagi qorin dam bo’lishini oldini olish uchun bir nechta narsalarni qilishingiz mumkin. Odatlaringiz va kundalik tartibingizga jiddiy e'tibor qaratsangiz, ta'tildan maksimal darajada foydalanish uchun sabablarni topishingizga yordam beradi.

     

    Espumizan® - qorin dam bo'lishidan tezda xalos bo`lish!*

    Qorin dam bo`lishi va meteorizm – tabiiy holat. Ammo zamonaviy turmush tarzi jiddiy yuklamalar bilan bog’liq. Zo`riqtiruvchi ish, hamda sevimli mashg’ulot, oila va ijtimoiy hayot o’rtasidagi doimiy almashishlar, shuningdek ko’p miqdorda nosog’lom ovqatlarni, shu jumladan juda yog’li ovqatlarni iste’mol qilish stressga olib kelishi mumkin. Bizning ovqat hazm qilish tizimimiz bunday yuklamaga bardosh berolmaydi. Hosil bo’lgan ortiqcha gaz ichakda to’planishi va dam bo’lish va og’irlik hissini chaqirishi mumkin. Qorin sohasidagi noqulaylik va nazoratsiz meteorizm bilan bog’liq xavotirlikhning o`zi ham ko’p odamlar uchun stress manbasidir.

    Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan Simetikon tez va ishonchli yengillikni taklif qiladi. Simetikon-qorin dam bo`lishi va meteorizmga qarshi sinalgan va samarali vosita. Espumizan® preparatining faol moddasini bir martalik dozasi meteorizm kabi ortiqcha gazlar bilan bog’liq alomatlardan tezda xalos bo’lishni ta’minlaydi.

    Espumizan® preparatining faol moddasi bo’lgan Simetikon, oshqozon-ichak yo’lida to’planib qolgan gaz pufakchalarining elastikligini o’zgartiradi. Pufakchalar parchalanib, gaz chiqqanda, uning ichak devori tomonidan so’rilishini va kekirish yoki tabiiy yo’l orqali chiqarilishini osonlashtiradi.

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Ortiqcha gaz hosil bo`lishidan kelib chiqqan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar.

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg
    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Espumizan® - turli ehtiyojlar uchun har xil shakllar

    Espumizan® kapli,100 mg/ml

    Espumizan® kapli,100 mg/ml

    Hayotning birinchi haftalaridan boshlab meteorizm bilan bog'liq holatlarni davolash uchun oson yutiladigan emulsiya.

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Espumizan® kapsulalar, 40 mg

    Ortiqcha gazlar hosil bo'lishi chaqirgan oshqozon-ichak alomatlarini samarali davolash uchun 40 mg Simetikon saqlovchi kapsulalar

    Espumizan® haqida TV rolik